Guruhli video chaqiruvlar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Guruhli video chaqiruvlarni taqdim etamiz

Bugungi yangilanish sizga guruhlardagi ovozli chatlar davomida barcha qurilmalarda, jumladan, planshetlar va kompyuterlarda kamerangizni yoqish yoki ekraningizni ulashish imkonini beradi. Bu ovozli chatlarni onlayn darslar, biznes uchrashuvlari va oilaviy yigʻilishlar uchun foydalanish mumkin boʻlgan butunlay yangi darajaga olib chiqadi.

Shuningdek, animatsiyali fonlar, zamonaviy xabar animatsiyalari va boshqalarni – ikkinchi blogpostni toʻldirish uchun yetarli yangiliklarni taqdim etmoqdamiz.

Guruhli video chaqiruvlar

Ovozli chatlar endi oson guruhli video chaqiruvlarga aylanishi mumkin – videongizni yoqish uchun shunchaki kamera belgisini bosing.

Videoni butun ekranga yoyish uchun istalgan video ustiga bosing. Agar biror videoni qadasangiz, u yangi foydalanuvchilar chaqiruvga qoʻshilganida va kameralarini yoqqanida fokuslangan holatda qoladi.

Ovozli chatni boshlash uchun siz administratori hisoblangan istalgan guruh profilida ⋮ menyusini bosing (iOS qurilmasida guruh profilida “Ovozli chat” tugmasini topasiz).

Faqat ovoz ishtirokchilari cheklanmagan, video hozircha ovozli chatga qoʻshilgan birinchi 30 kishiga koʻrinadi. Bu cheklov ovozli chatlar striming oʻyinlari, jonli tadbirlar va boshqalarni qabul qilishi bilan tez orada oshiriladi.

Ekranni ulashish

Kamerangizga qoʻshimcha ravishda ekraningizni yoki har ikkalasini bir vaqtda ulashishingiz mumkin.

Ekraningizni ulashish uchun istalgan ilovada ⋮ yoki ⋯ belgisini bosing va uni menyudan tanlang.

Shovqinsizlantirish parametrlari

Biz ovozli chatlarda hatto biror qarsildoq taom tanovul qilayotganingizda ham barchaning ovozi tiniq va ravshan eshitilishi uchun shovqinsizlantirishni yaxshiladik. Shuningdek, zarur boʻlganda sozlamalarda shovqinsizlantirishni faolsizlantirish uchun almashtirish tugmasini ham qoʻshdik.

Shovqinsizlantirish sozlamalari

Planshet va kompyuter qoʻllab-quvvatlanishi

Biz noutbuk, kompyuter yoki planshetdagi katta ekran uchun interfeysni ham gorizontal, ham vertikal holatda qulayroq qilishga harakat qildik. Ishtirokchilar roʻyxati va videoni ajratilgan ekran holatida koʻrish uchun yon panelni kengaytirib koʻring.

Kompyuterlardagi ovozli chatlar alohida oynada ochiladi, shu sababli, hech narsani kichraytirmasdan yozish va gapirishingiz mumkin. Kompyuter ilovalari ekran ulashilishini tanlash funksiyasiga ega, shu sababli butun ekran oʻrniga alohida dasturni ulashishingiz mumkin.

Kompyuter ilovasidan foydalanayotganingizda ekranini ulashishni boshlagan istalgan foydalanuvchi videosi avtomatik qadaladi. Ayniqsa, bu kichik jamoalar oʻz ishlarini muhokama qilish uchun yigʻilishganida qoʻl keladi.

Boshqa yangilanishlar

Buguncha shular… Yoʻq, shoshmang. Aslida, bugun bitta yangilanish oʻrniga ikkita yangilanish taqdim etmoqdamiz:

Chatlar uchun animatsiyali fonlar va boshqa yangilanishlar haqida batafsil.


2021-yil, 25-iyun
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

스타 경품 및 기타

오늘 업데이트로 그룹과 채널은 경품 행사에서 Telegram Stars를 상품으로 사용할 수 있습니다. 또한, Telegram 브라우저에서 여는 모든 기사를 이제 Instant View로 변환할 수 있어 읽기 편리합니다.
6-sen, 2024

슈퍼 채널, 스타 반응 및 구독

오늘은 텔레그램의 11주년입니다. 사용자가 콘텐츠 제작자를 지원할 수 있도록 하는 스타 반응 및 스타 구독, 봇 및 비즈니스 계정을 위한 유료 미디어, 그리고 관리자가 다른 채널이나 개인 프로필로 게시할 수 있는 새로운 텔레그램 채널 모드를 만나보세요.
14-avg, 2024

텔레그램 브라우저, 미니 앱 스토어, 선물 별 등

오늘 업데이트에서는 여러 탭을 지원하는 새로운 인앱 브라우저와 거의 10억 명의 사용자에게 Web3를 제공하는 기능, 인기 미니 앱이 포함된 미니 앱 스토어, 친구에게 스타 선물을 할 수 있는 기능, 스토리를 위한 날씨 위젯 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-iyl, 2024

미니 앱 바, 미디어 광고, 스토리 검색 등 더 보기

6월 업데이트에서는 미니 앱을 최소화하여 컴팩트 바로 만드는 방법을 추가하고, 콘텐츠 제작자가 유료 사진 및 동영상으로 채널을 수익화할 수 있도록 도우며, 해시태그 또는 위치로 검색하고 새로운 링크 위젯을 도입하여 스토리를 개선할 수 있게 됩니다.
30-iyn, 2024